Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

F.C Barselona - Real Madrid C.F . 1:3


Ispaniya superkubogi uchun o'tkaziladigan ikki uchrashuvdan iborat bellashuvning birinchisida “Real” Madrid Kataloniyada g'alabaga erishdi.


Keskin kurashlar
ostida kechgan bahsda barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi.

Dastlab Pike
qanotdan uzatilgan to'pni bartaraf etishda o'z darvozasiga gol kiritib qo'ygan
bo'lsa, Messi 77-daqiqada penaltidan muvozanatni tikladi. Ammo so'nngi o'n
daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Ronaldu va Asensio ikki bor Ter SHtegen
qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga olishdi. 82-daqiqada Krishtianu Ronaldu
ikkinchi bor ogohlantirilib, maydonni tark etdi.


3:1 hisobida
g'olib chiqqan Zidan shogirdlari javob o'yini oldidan yaxshi imkoniyat hosil qilishdi. Javob uchrashuvi 17 avgust kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.


Ispaniya superkubogi.
Birinchi uchrashuv
Barselona – Real Madrid 1:3

Gollar:
0:1 – 50, avtogol Pike, 1:1 – 77, penalti Messi, 1:2 – 80 Ronaldu,
1:3 – 90 Asensio.

Asistenliklar: 1:2 - Isko; - 1:3 Lukas


Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal,
Rakitich (Pako Alkaser, 83), Buskets, Inesta (Serdji Roberto, 68), Deulofeu
(Denis Suares, 59), Messi, Suares.


Real Madrid –Navas, Varan,
Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko, Kazemiro, Kovachich (Asensio, 68), Kroos, Beyl
(Vaskes, 81), Benzema (Ronaldu, 58).


Ogohdantirish: Kazemiro (20), Pike (27), Messi (40), Beyl (41),
Karvaxal (41), Buskets (57), Navas (76), Ronaldu (80).


CHetlatish: Ronaldu (82).

F.C Barselona - Real Madrid C.F . 1:3


Manba: CA, www.merengues.ru


Muallif: Zuhriddin

Teg: Ispaniya superkubogi, Barselona, Real Madrid
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (4)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda uchrashuv taqdirini hal etgan yagona golni kiritgan Benzema eng yuqori (8.9) ball bilan uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.