"Real" Beylni sotsagina yangi o'yinchilarni xarid qiladi


"Real"ning yozgi transferlar oynasidagi rejalari yarim himoyachi Garet Beylning jamoadan ketish yoki ketmasligiga bog'liq.

Klubda koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sabab ortiqcha pullar yo'q, shu sabab "qaymoqranglilar" 31 yoshli uelslik futbolchini sotsagina, yangi o'yinchilarni xarid qiladi.

Beylning ketishiga uning yuqori maosh olishi halal berishi mumkin, xavbekning o'zi shartnomasining so'nggi qadar, yani 2022 yilning iyuniga qadar Madridda qolmoqchi.

Futbolchi joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.