Luka Modrich o'rniga Martin Edegor?


Edegor ushbu yozda "Real Madrid" safiga qaytishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Luka Modrich "Qirollik klubi"ning asosiy tarkibidan o'rin ololmay turgan bir vaqtda, Edegor "Real Sosedad" tarkibidagi o'yinlari bilan barchani o'ziga qarata oldi. 

Jaroxat va Fede Valverdening porlashi, xorvatning bu yozda klubni tark etishi haqidagi mish-mishlarni yanada avj oldirdi.

Lekin, Zidan olovga moy sepishni istamadi. U takror va takror Modrich "Real Madrid" uchun muhim futbolchi ekanligini o'z intervyularida ta'kidlab keldi.

Zidan yana haq.

Martin "Real Madrid"ga oldingidek zaxira futbolchisi emas, aksincha "San Sebastian"dagidek asosiy tarkib futbolchisi sifatida kelishni xohlaydi va u shu ruxda davom etmoqchi.

Modrich esa, mavsumning hal qiluvchi pallasida o'zining Madriddagi o'rnini qaytarib olishga erishdi. 

Edegor yana bir mavsum "Real Sosedat"da qolishni maqul topdi. U hali ham "Real Madrid"ning buyuk yarim himoyachisi bo'lish niyatida. Balki bu kelasi mavsumda amalga oshar.

Manba: www.as.com


2 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Kommentlar 1

Faxriyor
Faxriyor от 5 августа 2020 14:56
Sayt juda yaxshi
Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.