-

"Real" Kuboni boshqa jamoaga ijaraga berdi

"Real" yarimhimoyachisi Takefusa Kubo keyingi mavsumni "Vilyarreal"da o‘tkazadi, deb yozadi AS.

Madrid klubi futbolchini ijaraga beradi, "Vilyarreal" yaponiyalik iqtidorni sotib olish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Kubo o‘tgan mavsumni "Malyorka"da ijarada o‘tkazdi. U 36 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi.

Futbolchi o‘tgan yozda "Real"ga erkin agent sifatida qo‘shilgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2024 yil iyuniga qadar amal qiladi.

Manba: www.as.com


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.