-

Gvardiola: “ECHLda g'olib chiqmoqchi bo'lsang, buyuk klublarni taslim etishing shart”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining ECHL 1/8 finalida “Real” ustidan (2:1) qozonilgan g'alabasidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz ko'plab vaziyatlarni yaratdik va “Real”ning ikkita xatosidan keyin gol urdik. Biz futbolchilarni doim oldinga chorlab, hujum qilishlariga undadik. Ammo bunday jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Biz doim pressing uyushtirishga urinamiz, ammo bazida bu kutilganidek chiqmaydi. Umuman olganda bugun biz yaxshi harakat qildik.

Muhimi – “Real”ni ikki marta ham mag'lub eta oldik. Zidan ilgari hech qachon ECHL pley off bahsida mag'lub bo'lmagandi. Ular bemalol, xotirjamlik bilan yaxshi o'yin namoyish eta olishdi.

Biz ECHLda g'olib chiqish uchun ushbu turnirda yurishimizni davom ettirayapmiz. Bugungi o'yin bu sovrin uchun tashlangan bir qadam bo'ldi. Agar ECHLda g'olib bo'lishni istar ekansan, bu kabi katta jamoalarni mag'lub etish lozim bo'ladi. Keyingi o'yinimizgacha oldimizda sakkiz kun muhlat bor. Biz g'alabadan rohatlanamiz va keyin “Lion” haqida o'ylashni boshlaymiz”, - dedi Gvardiola.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.