-

Varan: "Bu mening mag'lubiyatim. SHeriklarim oldida uyatdaman"

"Real" himoyachisi Rafael Varan CHL doirasidagi "Manchester Siti" (1:2)ga qarshi o'yinda qilgan xatolari haqida gapirdi.

"Bu mening mag'lubiyatim. Men buni qabul qilishim kerak. Mag'lubiyat uchun javobgarman. Yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, ammo xatolar qimmatga tushdi. Jamoadoshlarim oldida uyatdaman.

Ehtimol biz o'yinning boshida juda ko'p tavakkal qildik va buning uchun javob oldik", - deydi Varan.

Eslatib o'tamiz, kechagi "Siti"ga qarshi o'yinda franciyalik futbolchi ikki qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va shundan so'ng "shaharliklar" gollar urishdi.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.