Ana xolos. Serxio "Napoli" qiziqishlari doirasida


"Sevilya" safida ijarada o'ynayotgan "Real" himoyachisi Serxio Regilon "Napoli" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Neapolliklar shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganishmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Regilonning transferini muhokama qilish uchun tez orada klub prezidenti Aurelio De Laurentis bilan uchrashadi.

Futbolchi joriy mavsum "Sevilya" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Regilonning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuliga qadar mo'ljallangan.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.