Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Robbi Kinni ortda qoldirgan Ronaldu, Ramosga yetib oldi


Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoa uchun eng ko'p o'yin o'tkazgan 26 futbolchi safiga kirdi.

JCh-2018 saralashi doirasida Shveytsariyaga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan uchrashuv ushbu futbolchi uchun 147-o'yin bo'ldi. U endilikda bu borada paragvaylik Paulo Da Silva hamda Ispaniya terma jamoasida hozirda ham maydonga tushishda davom etayotgan Serxio Ramos bilan tenglashib oldi, Ronaldu meksikalik Pavl Pardo va Xerardo Torrado, shuningdek, irlandiyalik Robbi Kindan o'zib ketdi.

Shveytsariyaga qarshi o'yindagi g'alaba Evropaning amaldagi chempionlarini 2018 yilgi jahon chempionatiga olib chiqdi.

Terma jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekord misrlik Ahmed Hassanga tegishdi (184 o'yin). Hozirda ham faoliyatini davom ettirayotganlar orasida eng yaxshi natija Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluijji Buffonga tegishli (173 o'yin).

Manba: www.sports.ru



» Teg: Krishtianu Ronaldu, Robbi Kin, Serxio Ramos |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.