-

"Real" Serxioni sotib yuboradi

"Real Madrid" rahbariyati shu yoz himoyachi Serxio Regilonni sotib yubormoqchi.

Marca nashrining yozishicha, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda, “qirollik klubi” murabbiylar shtabi esa unga buni kafolatlay olmasliklarini bildirishgan.

Shu bilan birga “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Regilon “koronavirus inqirozi” davrida jamoasiga yaxshigina pul ishlab berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Serxio Regilon joriy mavsumni “Sevilya” safida ijarada o‘tkazmoqda. U hozircha 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: www.tribuna.com


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.