Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Messi-Ronaldu davri tugamadi, u endi boshlanmoqda»


Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning ishonch bildirishicha, u hamda «Barselona» forvardi Lionel Messi futbol ishqibozlarini hali ko'p xursand qilishadi.


Portugaliya terma jamoasi futbolchisi bu haqda FIFA tomonidan 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olinganidan so'ng aytib o'tdi.


«Men har kuni kechqurun xotirjam uyquga yotaman.


Shaxsiy va jamoaviy darajada erishayotgan yutuqlarimdan ko'nglim to'lmoqda. Men Messi bilan emas, balki eng yaxshi bo'lish hamda sovrinlarni yutib olish uchun kurashmoqdaman.


Biroq, shuni ham aytishim mumkinki, Messi-Ronaldu davri tugamani, u endi boshlanmoqda», - deya Ronalduning so'zlarini keltiradi Marca.


Joriy yilda Ronaldu «Real» bilan Ispaniya chempionati va superkubogi, EChL hamda UEFA superkubogida g'alaba qozondi.


Portugaliyalik EChLdagi 13 ta o'yinda 12 ta gol urib, eng yaxshi to'purarga aylandi.


Ronaldu FIFA’ning The Best sovrinini ketma-ket ikkinchi marta yutib oldi.


Bundan tashqari, 32 yoshli forvard «Oltin to'p» hamda «FIFA Oltin to'pi»ni ikki martadan qo'lga kiritgan. 2008 yilda esa «FIFA Yil o'yinchisi» sovriniga egalik qilgan.


Manba: www.tribuna.uz


Muallif: Zuhriddin

Teg: Kirishtianu Ronaldu, Leonel Messi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda uchrashuv taqdirini hal etgan yagona golni kiritgan Benzema eng yuqori (8.9) ball bilan uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.