Yoshlar o'rtasidagi ECHL. "Real" finalda o'ynaydi


 O'tgan tunda Non shahridagi “Kolovrey” o'yingohida yoshlar o'rtasidagi (U-19) CHempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan ilk bellashuvda "Benfika" "Ayaks"dan ustun kelib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgani to'g'risida xabar qilgandik.

Portugallarga finalda Madridning "Real" klubi yoshlari raqiblik qiladi. O'tgan tun yakuniga yetgan yarim final bahsida "qaymoqranglilar" "Zalcburg"ni musobaqadan chiqarib yuborishdi.

 
[b]"Zalcburg" (Avstriya) — "Real" (Ispaniya) — 1:2.
Gollar: Latasa, 4 (0:1). Guterres, 32 (0:2). Suchich, 50 — penalti (1:2).

Final uchrashuvi 25 avgustga belgilangan. Eslatib o'tamiz, musobaqaning amaldagi g'olibi “Portu” hisoblanadi.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.