Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Karim Benzema JCh–2018 da o‘ynashga umid qilmoqda


Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Karim Benzema Fransiya terma jamoasi safida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh–2018 turnirida ishtirok etishga umid qilayotganini ma’lum qildi.

“Albatta, terma jamoa safiga qaytishni istayman. Qaysi futbolchi jahon chempionatida ishtirok etishni istamaydi? Umid qilamanki, Fransiya termasi safida Rossiyadagi mundialda o‘ynay olaman. Klubda bor kuchimni beryapman. Yakuniy natija qaydan bo‘lishini kutamiz”,
– dedi Benzema.

Avvalroq fransiyalik taniqli mutaxassis Gi Ru Fransiya termasi bosh murabbiyi Dide Desham va Fransiya Futbol Federatsiyasi rahbariyatini Benzemani termaga chaqirmayotgani uchun tanqid qilgandi.

Manba: www.sports.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Karim Benzema, Fransiya
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Isko Alarkon | "Atletik"ga qarshi bahsda Isko urgan gol "Real"ni mag'lubiyatdan qutqardi. Shu boisdan uni uchrashuv qahramoni deb topdik.