Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!

"PSJ" Neymarni "Real"ga qo'yib yubormoqchi emas


"Qirollik klubi" "PSJ" hujumchisi Neymarni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalganidan so'ng, parijliklar rahbariyati jonlanib qoldi va futbolchini hech qayerga qo'yib yubormaslik uchun harakatlarni boshladi.

Oldinroq matbuotda "Real" kelajakda braziliyalik hujumchini sotib olish payiga tushgani xabar qilingandi. Ammo "Mundo Deportivo" nashri bergan xabarga ko'ra, "PSJ" futbolchini jamoada olib qolishni ko'zlagan Neymar uchun bildiriladigan istalgan taklifni rad etmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Neymar «Barselona»ga o'tguniga qadar "Real" uni "Santos"dan sotib olishga yaqin turgandi, biroq futbolchining o'zi o'shanda Kataloniya klubini tanlagandi.

Manba: www.tribuna.uz



» Teg: Real Madrid, Neymar, PSJ |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Villarreal"ga qarshi bahsda 1 ta golga mualliflik qildi va ajoyib o'yin o'tkazdi. Uchrashuvni ikkinchi eng yaxshisi deb topilgan Beyl (7.5)ga loyiq ko'rildi.