Isko "Real"dan ketish istagi borligini bildirgani rostmi?


Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda El Chiringuito xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi klub rahbariyatiga jamoadan ketish istagini bildirgan. "Real" ham Isko bilan xayrlashishga tayyor. "Qirollik klubi" ispaniyalik futbolchi transferidan 50 million yevro ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iskoga "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: www.std.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.