Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Zidandan Neymar "Real"ga kelishi haqidagi xabarlarga munosabatini so'rashdi


"Real" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kelgusida "PSJ"dan Neymar Madrid klubiga kelishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o'tdi.

"Neymar — yaxshi futbolchi, bu haqiqat. Ammo mening qo'l ostimda yaxshi jamoa bor, men hozirda faqat shu futbolchilarim haqida o'ylayman. Kelajak haqida gapiradigan bo'lsak, buni kim biladi…", - deydi Zidan.

Oxirgi haftalarda Neymar Parij klubidagi holatidan noroziligi haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq "Real" uni Ronalduga o'rinbosar sifatida ko'rayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Bundan avvalroq, Neymarning shartnomasida uni 222 mln evro to'lagan jamoa olib ketishi mumkinligi haqidagi band yo'qligi ma'lum qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, PSJ, Neymar
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Atletiko"ga qarshi bahsda eng yuqori (7.8) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.