Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" Zidan qo‘l ostida birinchi marta safarda gol ura olmadi


Ispaniya chempionatining 12-turida "Atletiko" va "Real" o‘zaro durang o‘ynadi. "Vanda Metropolitano" stadionida o‘tgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

"Real" Zidan qo‘l ostida Ispaniya chempionatining safar uchrashuvida birinchi marta gol ura olmadi (35 o‘yin). Fransiyalik mutaxassis 2016 yildan boshlab madridliklarni boshqarib kelmoqda.

Primera doirasida Madrid derbisida 2005 yildan buyon birinchi marta golsiz durang qayd etildi. Raqiblar "Atletiko" maydonida esa 1993 yildan buyon ilk marta gol ura olmadilar.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng "Real" 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam "Barselona"dan 10 ochko ortda qolmoqda.

Manba: www.stadion.uz


Muallif: Zuhriddin
|
Teg: La Liga, Atletiko Madrid, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.