Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

"Jamoa"da Ronalduga nisbatan norozilik kuchaymoqda


Madridning «Real» klubida jamoa tarixidagi eng yaxshi hujumchi Krishtianu Ronalduning holati bo'yicha norozililkar kuchaymoqda. Bu haqda ispan matbuotida xabar berilgan.

Manbalarda qayd qilinishicha, portugaliyalik futbolchining bu mavsumda muvaffaqiyatsiz o'yin ko'rsatishiga uning yaxshi sport formasida emasligi ko'rsatib o'tilmoqda. Jumladan «qaymoqranglilar» futbolchilari Serxio Ramos, Isko va Marko Asensio uning harakatlaridan norozi bo'lmoqda.

Bundan tashqari klubdagilarning noroziligi ortishiga bosh murabbiy Zinedin Zidanning futbolchi o'yini chiqmay turgan vaqtda ham uni zaxiragaolmayotgani ham sabab bo'lmoqda. Futbolchilarga bu yoqmayapti.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining ortda qolgan 12-turidanso'ng Krishtianu Ronaldu bor-yo'g'i bitta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: Zuhriddin

Teg: Krishtianu Ronaldu, Real Madrid
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Roma"ga qarshi bahsda 2-golga uzatma bergan Benzema eng yuqori (8.9) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..