Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Ramos "Atletiko"ga qarshi o'yin tanaffusida ko'z yoshi to'kkan


"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya Primerasining 12-turidan o'rin olgan "Atletiko"ga (0:0) qarshi o'yindagi hakamlikdan norozi bo'lgan.

Birinchi bo'lim oxirida, "Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandes o'z jarima maydoni ichida Ramosning burniga oyog'i bilan zarba berib, jarohat etkazgan edi. Biroq, bosh hakam bu vaziyatda qoidabuzarlikka etibor bermadi.

Jurnalist Xose Luis Sanchesning El Chiringuito teleko'rsatuvi efirida aytgan gapiga ko'ra, 31 yoshli himoyachi tanaffus paytida, kiyinish xonasida, hakamlikdan norozi bo'lib yig'lab yuborgan.

Ramos va "Real"ning boshqa futbolchilari bosh hakam David Borbalan klubga nisbatan nohaqlik qilgan deb hisoblamoqda.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Serxio Ramos, Atletiko
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Ueska"ga qarshi bahsda 1 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa 1ta golli uzatma berdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.