Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

"Real" va "Bavariya" klublari sobiq a’zosi 43 yoshida faoliyatini yakunladi


Braziliyaning "Palmeyras" klubi yarim himoyachisi Ze Roberto o‘zining futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 43 yoshli futbolchi o‘zining so‘nggi hayrlashuv uchrashuvini 28 noyabr kuni Braziliya chempionatining 37-turida "Botafogo" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Ze Roberto faoliyati davomida 10ta jamoada to‘p surgan. "Flamengo", "Real Madrid", "Bayer", "Gamburg", "Bavariyu" va "Santos" shular jumlasidandir.

U shuningdek Ispaniya va Germaniya chempioni, qolaversa Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi.

Ze Roberto Braziliya terma jamoasida jami 84ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblari darvozasiga 6ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: www.sports.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Ze Roberto, Real Madrid
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Viktoria Plzen"ga qarshi bahsda 1-golga mualliflik qilgan Benzema eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..