"Santyago Bernabeu" yangi mavsum o‘yinlarini qabul qilishga tayyor


 "Real Madrid" yangi mavsum-2020/21ni yangilanayotgan "Santyago Bernabeu"da o‘tkazishi kutilmoqda. Arenaga yangi chim yotqizildi. 

Mazkur gazon vaqtinchalik o‘rnatilgan bo‘lib, "Qaymoqranglilar" o‘yinlarni o‘z uyida o‘tkazishi uchun yotqizildi. Keyinchalik stadion maydoni yig‘iladigan bo‘ladi. U yerda turli tadbirlar va konsertlar o‘tkazish imkoniyati yuzaga keladi. Bu orqali "Real Madrid" qo‘shimcha daromad olishni ham ko‘zlamoqda. 

"Real Madrid" dastlabki uy uchrashuvini 30 sentyabr kuni "Valyadolid"ga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Zidan jamoasi mavsumning so‘nggi o‘yinlarini yoshlar jamoasiga tegishli bo‘lgan Alfredo di Stefano nomli stadionda o‘tkazdi.

Manba: www.std.uz


3 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.