"Real" va "Barsa" futbolchilari bir jamoada o‘ynaydi


 Sulsher Ispaniya chempionatidagi ashaddiy raqiblar – “Real” va “Barsa” futbolchilarini “Manchester Yunayted”da birga o‘ynatishga qaror qildi.

Avvalroq, manchesterliklar madridliklar tarbiyalagan Serxio Regilonga transfer so‘rovini yuborgani haqida xabar bergan edik.

Endi MYu  “Barselona”dan frantsiyalik hujumkor futbolchi Usmon Dembeleni olishga harakat qilmoqda. Kataloniyaliklar ham bu transferga rozi ekani aytilmoqda. “Barselona” futbolchining ko‘p jarohatlanishini inobatga olib, uning 150 million evro miqdoridagi badal pulini ikki barobarga pasaytirgan. Manchesterliklar Usmonni qo‘lga kiritishi uchun 70 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Manba: www.sport.es


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив