Ramos "Real" bilan yangi shartnoma imzolash uchun maoshini kamayishiga ham tayyor


 "Real" himoyachisi Serxio Ramos Madrid klubi shartnomani uzaytirishga yaqin.

Ispaniyalik futbolchi "Real" bilan yangi shartnoma imzolash uchun maoshining kamayishiga ham tayyor. Tomonlar yaqin kunlarda yangi shartnomani batafsil muhokama qilish uchun uchrashishadi.

Ramosning shartnomasi hal qilingan deb bo'lmaydi, ammo 34 yoshli himoyachi va "Real" prezidenti Florentino Peres o'rtasidagi munosabatlar ajoyib, shu sabab muzokaralar yaxshi kechishiga shubha yo'q.

Himoyachi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.