"Real" muxlislari uchun xushxabar


 "Real" futbolchisi Marko Asensio Ispaniya terma jamoasi mashg‘ulotlarida jarohat olgan edi.

Shu sababli, bosh murabbiy Luis Enrike Marko Asensioni terma jamoa yig‘inidan ozod qildi.

Dushanba kuni tibbiy tekshiruvdan o‘tgan 24 yoshli vingerning ahvoli yaxshi ekanligi oydinlashdi. Markoning chap tizzasida paydo bo‘lgan shish yo‘qolgan va bu uning kelasi faoliyatiga ta’sir o‘tkazmasligi aytilmoqda. U o‘tgan mavsumning katta qismini aynan chap tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘tkazib yuborgandi.

Tez kunlarda Asensio "Real Madrid" qarorgohiga qaytadi va yangi mavsum uchun tayyorgarlikni davom ettiradi.

Manba: www.sport.es


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив