-

"Real"da Beyl borasida birorta taklif yo'q

 "Real" hali ham Garet Beylni sotish fikridan qaytmagan.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, futbolchi boshqa klubga o'tishni istamoqda, biroq uelslik borasida biror klub rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q. Biror klub unga yiliga 17 mln evro maosh to'lamoqchi emas. Vinger esa o'z navbatida maoshining kamayishiga qarshi chiqmoqda.

31 yoshli Beyl 2013 yilda "Real"ga o'tgandi. SHu vaqtdan buyon u jamoasi tarkibida 251 o'yinda 105 gol va 68 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.