Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Umid Ahmadjonov "Real Madrid" klubi rahbariyati bilan uchrashish uchun Ispaniyaga uchib ketdi


O'zbekiston MOQ va O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko va Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar bilan Ispaniyaga jo'nab ketdi.

Safardan ko'zlangan aosiy maqsad "Real Madrid" akademiyasi filialini Toshkentda ochish, shuningdek, Ispaniya futbol federaciyasi rahbariyati bilan murabbiylar tayyorlash va bolalar futbolini rivojlantirish borasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iborat. Bundan tashqari safar davomida Ispaniyadagi bir qator taniqli futbol mutaxassislari bilan uchrashib, fikr almashish belgilangan.

23 yanvar kuni esa Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o'tkazishi rejalashtirilgan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

» Teg: Real Madrid, Umid Ahmadjonov, O'FF |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.