AS xabariga ko'ra, Italiya klublari 32 yoshli braziliyalikni taklif qilmoqchi, ammo uning maoshini to'lashga qodir emaslar. U yiliga naqd 8 million evro oladi.
Xabar qilinishicha, Marselo "Real Madrid" asosiy tarkibidan joy kafolatlanmaganligini his qilayotgani sababli boshqa klublarning takliflarini tinglashga tayyor.
Manbada aytilishicha, Marseloning maoshi yuqori bo'lganligi bois uning boshqa klubga ketish ehtimoli past.
Marselo va "Real Madrid" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yozida o'z nihoyasiga yetadi.
Manba: www.championat.asia

Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.