Beyl Xitoyga ketsa ketadiki, Londonga qaytmaydi


 El Chiringuito portalining yozishiga qaraganda, Madridning "Real" klubi futbolchisi Garet Beyl Londonning "Tottenxem" klubiga qaytish niyatida emas.

31 yoshli uelslik futbolchi agar shu transfer oynasida londonliklardan taklif tushadigan bo‘lsa, o‘ylanib o‘tirmasdan rad javob berishini yashirmadi. Futbolchi agentidan Yevropaning boshqa klublarini topishini yoki Xitoydan ham klub topishi mumkinligi borasida ko‘rsatma bergan.

Yakuniga yetgan chempionatda Beyl "Real" tarkibida 16 marta maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: www.std.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив