Regilon uchun kurashda "MYU"ga raqobatchi paydo bo‘ldi


 "Real Madrid" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail.

23 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar "Manchester Yunayted" bo‘lib turgandi, endilikda kurashga "Tottenhem" ham qo‘shildi.

Ispaniyalik himoyachining ehtimoliy narxi 25 mln funtni tashkil etadi. Ushbu haftada muzokaralar tezlashishi kutilmoqda.

Shuningdek, Regilon o‘tgan mavsumni ijarada o‘tkazgan klubi "Sevilya"da ham qolishi mumkin. U o‘tgan mavsumda La Ligada 31ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta to‘p kiritgan.

Manba: www.tribuna.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив