Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Marselo: "Neymar baribir "Real"ga o'tadi"


"Real"ning braziliyalik himoyachisi Marselo "PSJ" hujumchisi, hamyurti Neymar faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi haqidagi mish-mishlarni izohladi.

Marseloning fikricha, Neymar Zayniddin Zidan jamoasiga ajoyib tarzda qo'shilib ketishi mumkin.

"Men Neymar "Real"ga o'tishini xohlardim. O'ylashimcha, u Madrid jamoasiga ajoyib tarzda qo'shilib ketadi. Neymar zo'r futbolchi, "Real"da esa aynan shunday o'yinchilar bo'lishi kerak. Fikrimcha, u qachonlardir "Real" safida maydonga tushadi", - deya Marseloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "AS Esporte Interativo" nashri.

Malumot uchun, Neymar "PSJ"ga "Barselona"dan 2017 yilning yozida futbol tarixi uchun rekord bo'lgan 222 mln evro evaziga o'tdi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Marselo, PSJ, Neymar
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Viktoria Plzen"ga qarshi bahsda 1-golga mualliflik qilgan Benzema eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..