Serxio Regilonning qaysi klubga o'tishi malum bo'ldi


 "Real" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini APLda davom ettiradi.

Serxio Regilonning qaysi klubga o'tishi malum bo'ldi

Klublar 30 million evrolik transfer borasida kelishuvga erishdi. "SHporlar" "Real" so'ragan ikki talabga ham rozi bo'ldi: shartnomada o'yinchini 40-45 mln evroga qayta sotib olish bandi bo'ladi, shuningdek "qirollik klubi" xarid qilish borasida boshqalarda ustun bo'lishadi.

"Tottenxem" shuningdek 23 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan bitim borasida kelishuvga erishdi.

Futbolchi o'tgan mavsumni "Sevilya"da o'tkazdi va Andalusiya klubi bilan Evropa Ligasida g'olib chiqdi. Regilon "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Ispaniya terma jamoasida 1ta o'yin o'tkazgan.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив