Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

"Inter" Ikardi uchun "Real"dan ko'proq pul undirib olish yo'lini topdi


Milanning "Inter" klubi hujumchisi Mauro Ikardini saqlab qolish yoki uning narxini o'zi istagan ko'rinishda belgilab olishni istamoqda.

"Football Italia" nashri bergan xabarga ko'ra, "Neradzurri" shu maqsadda iyun oyidan kuchga kiradigan 90 million evrolik tovon pulini bekor qilish uchun yangi shartnoma imzolash harakatiga tushib qolgan.

Buning uchun "Inter" Ikardining maoshini keskin oshirishi kerak bo'ladi. Klub buning uchun futbolchi yillik maoshini 4,7 million evrodan 6,5 million evroga oshirishga tayyorligini bildirmoqda. Bundan tashqari shartnomada futbolchi va klubning ishtirokiga bog'liq bo'lgan bir necha bonuslar ham qo'shilgan.

Ikardi turmush o'rtog'i va agenti sanalgan Vanda esa shu bilan bir qatorda tovon pulining saqlanib qolishi, ammo uni 150-200 million evro atrofida oshirilishini istamoqda. Shuningdek ularning talabi 7 million evro yillik maosh bo'lib turibdi.

Agar "Inter" tovon pulini butunlay yo'qotishni istasa, Ikardining maoshini 8 million evroga oshirishi kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchiga "Real" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa uning narxi yozda 90 mln evroga tushishini kutib hozirgacha transferni amalga oshirmay turibdi. "Inter" esa uni hech bo'lmasa imkon qadar kattaroq pul evaziga sotishni ko'zlagan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Mauro Ikardi, Inter
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda uchrashuv taqdirini hal etgan yagona golni kiritgan Benzema eng yuqori (8.9) ball bilan uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.