Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

"Real" xarid qilmoqchi bo'lgan "Inter" hujumchisiga "Bavariya" va "CHelsi" qiziqa boshladi


"Real" yozda sotib olishni istagan "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi uchun kurashga "Bavariya" va "CHelsi" qo'shildi.

Malumotlarga ko'ra, "Bavariya", "Real" va "CHelsi"dan tashqari Ikardiga PSJ ham qiziqish bildirmoqda. "Inter" o'z sardorini qo'yib yubormoqchi emas va shartnomani uzaytirish uchun u va uning agenti Vanda Nara bilan muzokara olib bormoqda. Narazzurlar forvardga yillik maoshi 6,5 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilmoqda, ammo ikkinchi tomon 10 mln. evrolik maoshni istayapti.

Malumot uchun, Ikardi joriy mavsum A Seriyaning 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 18ta gol urdi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

Teg: CHelsi, Bavariya, Mauro Ikardi, Inter, Real Madrid
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda uchrashuv taqdirini hal etgan yagona golni kiritgan Benzema eng yuqori (8.9) ball bilan uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.