Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" / Telegramda <<<
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Ronaldu Raul bilan tenglashib oldi


Ispaniya chempionatining 24-turida "Real" "Betis"ni engdi. "Benito Vilyamarin" stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 5:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Gollardan birini "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu urdi. Bu gol portugaliyalik futbolchi uchun "Real" safida 264-uchrashuvda gol urishi bo'ldi. Shu tariqa, "Real" safida golli uchrashuvlar soni bo'yicha Ronaldu jamoaning sobiq futbolchisi Raul bilan tenglashib oldi. Raul shu vaqtgacha bu borada klubning mutlaq rekordchisi sanalardi.

Ronaldu "Real" safida 2009 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U klub uchun shu vaqtgacha 423 uchrashuvda 431 gol urgan. Raul madridliklar safida 1994 yildan 2010 yilga qadar 738 o'yinda maydonga tushgan va 322 gol urgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: axmad2816

Teg: La Liga, Real Madrid, Ronaldu, Raul
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!