Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu La ligada 300ta golni Messidan tezroq urdi


Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha Ispaniya chempionatida o'zining 300-golini urdi.

Portugaliyalik futbolchi "Alaves"ga qarshi bahsda (4:0) dublga erishdi. Ikkinchi gol yubiley bo'ldi.

Hujumchi La ligada "Real" safida 285ta o'yin o'tkazdi. Ronaldu 300ta golni "Barselona" hujumchisi Lionel Messidan tezroq urdi.

Argentinalik futbolchi o'zining 300-golini 326-uchrashuvida urgan edi.

Ronaldu 300ta to'p kiritish uchun Messidan ko'ra 41ta o'yin kamroq o'ynadi. Portugaliyalik La ligada har o'yinda o'rtacha 1,05tadan gol urmoqda.

Manba: www.championat.asia


Muallif: axmad2816
|
Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.