Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Ispaniya qiroli Ronalduni tabrikladi


"Real" prezidenti Florentino Peres CHempionlar ligasi 1/4 finali "Yuventus"ga qarshi dastlabki uchrashuvidan (3:0) so'ng Ispaniya qiroli Xuan Karlos bilan suhbatlashgani haqida gapirib berdi.

"Xuan Karlos menga telefon qilib Krishtianuni tabriklab qo'yishimni tayinladi. Uning "Yuventus" darvozasiga kiritgan goli – futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biri. Dunyoning eng zo'r futbolchisi tomonidan urilgan ajoyib gol.

Turinda ajoyib voqealar sodir bo'ldi. Bu "Yuventus" va uning muxlislari qanchalik buyuk ekanini (Ronalduning ikkinchi golidan keyingi olqishlar) ko'rsatdi.

Buyuk futbolchilar – "Real" o'tmishining eng muhim qadriyatlaridan biri sanaladi. Alfredo Di Stefano "Real"ni ham, futbol tarixini ham o'zgartirgandi. U butun dunyoni larzaga soladigan afsonaviy "Real"ning paydo bo'lishiga yordam bergandi.

Krishtianu Ronaldu – Di Stefanoning buyuk avlodi, ularda "Real"ning qadriyatlari ufurib turadi",
– deya gapirib o'tgan Peres.


Muallif: El Capitano

Teg: Yuventus, Real Madrid, Krishtianu Ronaldu, Flotentino Peres, Xuan Karlos
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Atletiko"ga qarshi bahsda eng yuqori (7.8) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.