Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

"Real" - "Yuventus". Penalti bo'lgan vaziyatga mashhurlar qanday fikrda?


Kecha Evropa chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida "Real" o'z maydonida "Yuventus"ga (1:3) mag'lub bo'ldi.

Biroq ikki o'yinga ko'ra yarim finalga yo'llanma oldi. "Real"ning yagona goli 90+3-daqiqada belgilangan penalti evaziga kiritildi.

Ushbu vaziyatga italiyalik sobiq hakam Graciano CHezari fikr bildirdi.

"Takroriy lavhada Benatiya to'pga o'ynagani ko'rindi, bunday vaziyatda hech qanday fol va penalti berilmaydi. Hakam futbolchining harakatiga to'g'ri baho bera olmadi. Videotakrorlar tizimi o'sha erda hakamlarga yordam bergan bo'lardi", - dedi CHezari.

Bu holatni ispaniyalik hakam Iturralde Gonsales ham muhokama qildi.

"Benatiyaning qilgan harakati penaltiga tortmasdi. Bosh hakam qaror chiqarishga shoshildi. Bu 11 metrlik penalti emasdi", - dedi Itturalde.

Angliyalik mashhur hakam Grem Poll esa shunday dedi:

"Oliver ishonch bilan penalti belgiladi. O'z qarorini muhokama qilmadi. Unga "Yuventus" futbolchilari qattiq bosim o'tkazishdi. U esa Buffonga qizil berib, bosimdan chiqib ketdi. Maykl yaxshi hakam va u nima qilayotganini biladi", - dedi Poll.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan:

"Penalti bo'lgan vaziyatni ko'rmay qoldim. Hakam penalti belgiladi va qarorini o'zgartirmadi.

Biz yarim finalga chiqdik. Faqatgina o'yin borasida javob beraman",
- dedi Zidan.

"Yuventus" futbolchisi Mehdi Benatiya:

"Vaskesning yonidan o'tib, to'pga tegdim. Men tegganimdan keyin to'p yo'nalishini qanday o'zgartirganini ko'rindi. Vaskes esa yiqildi. Penalti yo'q edi", - dedi Benatiya.

"Match TV" sharhlovchisi Georgiy CHerdancev:

"Britancha ifloslik. U Buffonning ECHLdagi so'nggi o'yinida chetlatib tarixga kirdi. Omadsiz. FUUUUUUU!", - deb yozadi CHerdancev.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Yuventus, Maykl Oliver
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Isko Alarkon | "Atletik"ga qarshi bahsda Isko urgan gol "Real"ni mag'lubiyatdan qutqardi. Shu boisdan uni uchrashuv qahramoni deb topdik.