Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

"Real Madrid" Umtiti uchun 60 million evro to'laydi


"Real Madrid" klubi "Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan, deb xabar bermoqda Transfermarketweb.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsumdagi ajoyib o'yini bilan ko'plab top-klublar nazariga tushgan. U yaqinda "Barselona" bilan imzolagan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan edi.

"Real Madrid" Umtiti transferi uchun 60 million evro to'lashga tayyor. Aynan shu qiymat uning shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.

Avvalroq, futbolchi bilan "Manchester Yunayted" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: www.tribuna.com


Muallif: El Capitano

» Teg: Real Madrid, Samuel Yumtiti, Barselona |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.