Modrich: "Messining "Barselona"da qolganidan mamnunman"


Madridning "Real" klubi xavbeki Luka Modrich "Barselona" forvardi Lionel Messi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Lionelning ketishi yomon xabar bo'lar edi. Men Messidek futbolchining "Barselona"da qolganidan mamnunman. Lionelning qolgani yaxshi bo'ldi, chunki "Real" eng zo'rlari bilan o'ynashni xohlaydi", - deydi xorvatiyalik yarim himoyachi.

Modrich: "Messining "Barselona"da qolganidan mamnunman"

Eslatib o'tamiz, Messi yozda "Barselona"ni ketishni xohlashi haqida ogohlantirgan. Argentinalik futbolchi "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin edi, ammo bitim hujumchining 700 million evrolik tovon puli sabab amalga oshmadi.

Lionelning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.