Rivaldo: "Isko Xames namunasidan ilhomlanib "Real"dan ketishi mumkin"


"Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rivaldo Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Isko Xames Rodrigesning vaziyatini ko'rishi mumkin. Bu olg'a qadam tashlash borasida yaxshi namuna. Xames hozir "Everton"da ajoyib o'ynamoqda. Agar Zinedin Zidan hali ham unga ishonch bildirmaslikni davom ettirsa, Isko bu namunadan ilhom olishi mumkin", - deydi braziliyalik futbolchi.

Isko 2013 yildan beri "qirollik klubi" sharafini himoya qiladi.

28 yoshli xavbek joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.