Modrich: "Tottenxem"ga qaytish uchun qarilik qilaman"


"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "qirollik klubi"dan keyingi faoliyati qanday bo'lishi haqida gapirdi.

"Tottenxem"ga qaytish uchun qarilik qilaman. "Real" bilan bir yillik shartnomam qoldi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz.

O'zimni juda yaxshi his qilyapman va yana bir necha mavsum faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Hozirda bor etiborim "Real"ga qaratilgan.

Ushbu mavsum yakuni arafasida rahbariyat bilan gaplashib olaman. O'shanda qabul qilinadigan qaror barcha uchun yaxshi bo'ladi va muammolar keltirib chiqarmaydi", - dedi Modrich.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.