Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Zidan qaysi klubni boshqaradi? Mutaxassis bu savolga javob berdi


Matbuot-anjumanida "Real"dan ketganini elon qilgan Zinedin Zidan kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi.
"Klub prezidenti aytganidek biz xayrlashmaymiz. Bir umr bu klub bilan bo'laman.


"O'zgarishlar vaqti keldi. Bu hamma uchun to'g'ri qaror deb o'ylayman.

Mehr va qo'llab-quvvatlash uchun "Real"ning barcha muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Mavsum davomida og'ir damlarni boshdan kechirdik, ammo ishqibozlarimiz bosim o'tkazishdi va bu bizni yanada kuchliroq qildi.

Futbolchilarga o'zgarishlar kerak deb o'ylayman. Ularga rahmat aytmoqchiman, chunki maydonda faqat futbolchilar harakat qilishadi.

Bu klubdan doimo katta muvaffaqiyatlar kutishadi. Hozir ular kiyinish xonasida boshqa ovozni eshitadigan vaqt keldi.

Jamoa qarorim haqida biladi. Har bir futbolchi bilan shaxsan gaplashganim yo'q, biroq ular mening xabarimni olishdi.

"Real" sardori Serxio Ramos bilan suhbatlashdim. Birgalikda ko'p qiyinchiliklarni boshdan kechirdik, u qarorimni hurmat qiladi. Ramos menga omad tiladi. U etakchi, sardor, bu uch yil u bilan ishlash menga rohat berdi.

Ayni damda biror jamoani boshqarish yoki takliflarni ko'rib chiqish niyatida emasman",
- deydi Zidan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

» Teg: Zinedin Zidan |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.