Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Zidan "Real"ni rahbariyat tufayli tark etganmi?


"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar sababli jamoani tark etgan.

SHu kunlarda klub rahbarlari fransuz bilan uchrashishgan. Yig'ilish yakunlarida shu narsa aniq bo'ldiki, jamoa kelajagi borasida bosh murabbiy va bosslarning rejalari, qarashlari butkul farq qiladi.

"Real"dagilar forvard Krishtianu Ronalduni PSJ vakili Neymarni transferiga qo'shib yubormoqchi bo'lishgan. SHuningdek "qaymorqanglilar" prezidenti Florentino Peres nima bo'lgan taqdirda ham, yangi darvozabon olishga qaror qilgan. Bundan tashqari klub bosslari Zidandan Garet Beylni jamoaning asosiy figurasi qilishni so'rashgan, ammo bu masalalarning barchasida Zizu butkul boshqacha qarashga ega.

Natijada Zidan ketishni maqul ko'rdi, "Real" esa endi Maurisio Pochettino nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

Teg: Zinedin Zidan, Real Madrid
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Marselo | "Levante"ga qarshi bahsda jamoa safida eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. Qolaversa u "Real"ning golsiz seriasiga barham berdi.