Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Ronaldu "Real"da qolish shartini elon qildimi?


"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu shartnomasi muddati oxirigacha klubda qolishga tayyor, ammo faqat bir shart bilan.

Futbolchi Chempionlar Ligasi finalidan o'rin olgan "Liverpul"ga (3:1) qarshi bahsdan so'ng, Madriddagi davri o'tganiga shama qilgan edi.

KR7 o'z agenti Jorje Mendesh orqali klub prezidenti Florentino Peresga yangi shartlarini etkazgan. El Confidencial xabariga ko'ra, Ronaldu yiliga 80 million evro maosh olishni istayapti. Barcha soliqlar chiqarib tashlangandan so'ng, bu qiymat 50 million evroni tashkil qiladi va u dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Ronalduning "Real" bilan imzolagan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallanganini inobatga oladigan bo'lsak, Qirollik klubi 3 yil ichida o'z etakchisiga 240 million evro sarflashiga to'g'ri keladi. Bu esa klub byudjetiga katta zarba etkazishi tufayli, Peres uning shartiga ko'nmasligi ham mumkin.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Krishtianu Ronaldu, Real Madrid
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Serxio Ramos | "Espanyol"ga qarshi bahsda eng yuqori (8.0) ball jamg'argan Ramos uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.