Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Zidan "Real"ni Peres bilan ziddiyat tufayli tark etganmi?


Zinedin Zidan "Real" bosh murabbiyligidan jamoa prezidenti Florentino Peres bilan ziddiyat tufayli istefoga chiqqan.

Mirror nashri xabariga ko'ra, 45 yoshli mutaxassis Peresdan "Chelsi"ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azarni transfer qilishni so'ragan, ammo, "Real" xo'jayini Zidanga yo'q degan.

Qo'shimchasiga Peres Zidanga "Manchester Yunayted"dan Davida de Xeani transfer qilish rejasi haqida gapirgan, ammo fransuz Keylor Navas tufayli bu rejaga qarshi bo'lgan.

2016 yilning yanvarida Zidan "Real"da Rafael Benites o'rniga vaqtincha bosh murabbiy bo'lgandi. Keyingi 2,5 yil ichida "Real" uning boshchiligida Ispaniya chempioni, Ispaniya Superkubogi sohibi, uch marta Chempionlar ligasi g'olibi, UEFA Superkubogi g'olibi (2 marta) va klublar o'rtasidagi chempionat g'olibi (2 marta) bo'lishga erishdi. "Qirollik klubi" Zidan bilan birga jami 9ta sovrinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

O'tgan haftada esa fransiyalik mutaxassis kutilmaganda istefo berdi. Bu Florentino Peres davrida murabbiy o'z xohishiga ko'ra ilk marta istefoga ketishi bo'ldi.

Zidan Qatar terma jamoasini 2022 yilgi jahon chempionatiga tayyorlashi haqida xabarlar tarqalgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Florentino Peres, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Marselo | "Levante"ga qarshi bahsda jamoa safida eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. Qolaversa u "Real"ning golsiz seriasiga barham berdi.