Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Bernardu Silva: "Ronaldu hali ham ambitsiyadir, u..."


Bernardu Silva Portugaliya termasidagi jamoadosh do'sti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Ronaldu hali ham ambitsiyadir, u beshta oltin to'pni qo'lga kiritdi, Chempionlar Ligasida besh marotaba g'alaba qozondi va u 10 mavsumdirki 40dan ortiq gol urib kelmoqda.

Ko'p yillar davomida bunday darajani saqlab turishga qanday erishganligi ajoyib. Ikkita yoki uchta Oltin to'pni yutgan ko'pchilik futbolchilar faoliyatin yakunlash, dam olish va qulay hayotga ega bo'lishni xohlashadi. Ronaldo esa o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

Krishtianu bizning jamoa uchun o'rnakdir va u 2018 yilgi Jahon chempionatiga eng yaxshi formasida yetib keldi. U Rossiyadagi mundialda ajoyib o'yin ko'rsatishiga ishonamiz, chunki u bilan birga Portugaliya o'z oldiga eng yuksak maqsadlarni qo'yishi mumkin",
- deydi Silva "Marca" nashriga bergan intervyusida.

Manba: www.marca.com


Muallif: El Capitano

Teg: Bernardu Silva, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.