-

“Real” orzusidagi hujumchi uchun ikki futbolchidan voz kechadimi?

Madridliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Yuventus”da ishlari yurishmayotgan Paulo Dibalani olib kelishga qaror qildi.

Dibala turinliklar bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti. Shuningdek, Andrea Pirlo hujum chizig‘iga Alvaro Moratani olib kelganidan keyin, Pauloga boshlang‘ich tarkibga kirish muammo bo‘lmoqda.

“Real” rahbariyati “Yuventus” rad etib bo‘lmaydigan taklif tayyorlamoqda. Unga ko‘ra, madridliklar Dibala uchun “Yuventus” orzu qilayotgan pleymeyker Isko va iste’dodli hujumkor futbolchi Vinisius Juniorni bermoqchi. Bu rokirovka turinliklarga ma’qul kelishi aytilmoqda.

Ta’kidlash joizki, agar bu reja amalga oshsa, Zinedin Zidan jamoadagi ikki bosh og‘rig‘idan birdan qutiladi. Chunki Zidanning o‘zi Isko bilan chiqisha olmayapti. Vinisius esa jamoaning etakchi hujumchisi Karim Benzema bilan keliga olmay qolgan.

Manba: www.sport.es


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.