Romelu Lukaku jarohat oldi, u “Real”ga qarshi o'ynamasligi mumkin


“Inter”da muammo tug'ildi. “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku jarohat oldi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi. 

Futbolchi ECHL guruh bosqichi 2-turi doirasida “SHaxtyor”ga qarshi bahsda (0:0) chap oyoq son mushaklarini jarohatlab olgan.

Italiyalik taniqli jurnalist Janluka di Marcio xabariga ko'ra, Lukaku A Ceriya doirasida “Parma”ga qarshi bahsni (31 oktyabr) hamda ECHL 3-turi doirasida “Real”ga qarshi o'yinni (3 noyabr) o'tkazib yuborishi mumkin.

Lukaku joriy mavsum A Ceriyada 5 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!