-

"Yuventus" Iskoni nishonga oldi, Zidan transferga qarshilik qilmaydi

"Real"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Isko faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli futbolchi "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Turin klubi ispaniyalik futbolchi bilan yanvarda 40 million evro evaziga shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Isko "Real" ustozi Zinedin Zidanning rejalariga kirmayapti, shu sabab u yarim himoyachining qishdagi ehtimoliy transferiga qarshilik qilmaydi.

Iskoning xizmatlariga "Everton" va "Sevilya" klublari qiziqmoqda. Uning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.