Mourinyu yana bir "Real" futbolchisini "Tottenxem"ga taklif qilmoqchi


"Real" yarim himoyachisi Isko yana bir Evropa klubi qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

28 yoshli futbolchi bilan Londonning "Tottenxem" klubi shartnoma imzolamoqchi.

SHaxsan "shporlar" ustozi Joze Mourinyu ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. Oldinroq "Tottenxem" "galaktikos"dan Garet Beylni ijaraga olgan va Serxio Regilon bilan shartnoma imzolagandi.

London klubidan tashqari Iskoga Turinning "Yuventus" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Zinedin Zidan ham Iskoni "Real"ga kerak futbolchi deb hisoblamayapti va uning transferiga qarshilik qilmoqchi emas.

Xavbek joriy mavsum La Liga doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: CA


2 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.