Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Sobiq "Real Madrid" hujumchisi Ronaldo kasalxonaga yotqizildi


Braziliya terma jamoasi va "Real Madrid"ning sobiq hujumchisi Ronaldo pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga tushib qoldi.

"Football Italia" nashri malumotiga ko'ra, 41 yoshli braziliyalik sportchi tatilda davom olayotganida Ibitsa orolidagi kasalxonaga yotqizilgan.

Juma kuni shifokorlar uning o'pkasida yallig'lanish borligini tasdiqlashgan. Ayni paytda Ronaldo xususiy klinikaga o'tkazilib, davolanishni boshlagan. Muolajalar yaxshi samara berayotgani aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ronaldo ikki karra jahon chempioni, ikki karra "Oltin to'p" sohibi sanaladi. U futbolchi sifatida "PSV", "Barselona", "Inter", "Real Madrid", "Milan" va boshqa klublar sharafini himoya qilgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Ronaldo
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Atletiko"ga qarshi bahsda eng yuqori (7.8) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.